Asosiy kontentga oʻtish

Oʻquvchilar davomati dasturi — telefonda 20 soniyada

Qogʻoz jurnal oʻrniga EduAdmin: guruhni oching, har oʻquvchiga bir marta bosing — davomat saqlandi. Internet yoʻq boʻlsa ham ishlaydi va keyin oʻzi sinxronlanadi.

Davomat qanday belgilanadi?

Har bir oʻquvchi uchun uchta holat bor: keldi, kechikdi yoki kasal. Bitta guruhni belgilash odatda 20 soniyadan oshmaydi, saqlangandan keyin maʼlumot darhol hisobotlarga tushadi.

  • Bir bosishda belgilash
  • Kechikish va kasallikni alohida hisobga olish
  • Oflayn rejimda saqlash va keyin sinxronlash

Ota-onalar xabardor boʻladi

Oʻquvchi darsga kelmasa, ota-onaga Telegram orqali avtomatik xabar boradi. Dars oldidan eslatmalar ham oʻzi yuboriladi.

Davomat va toʻlov bogʻliq

Oylik toʻlov darslar soniga qarab hisoblanadi, shuning uchun davomat belgilanishi bilan balans ham yangilanadi. Oy oxirida davomat va tushum boʻyicha hisobotni Excel faylda yuklab olasiz.

Savol-javoblar

Savol-javoblar

Davomatni kim belgilaydi?

Odatda oʻqituvchi oʻz telefonidan. Markaz rahbari barcha guruhlar davomatini bitta joyda koʻradi.

Internet boʻlmasa nima boʻladi?

Davomat telefonda saqlanadi va internet qaytganda serverga avtomatik yuboriladi.

Davomat hisobotini yuklab olsa boʻladimi?

Ha, oylik hisobotni Excel faylda yuklab olish mumkin.

Ertangi darsdan boshlab davomatni telefonda qiling

Telegramʼda yozing yoki qoʻngʻiroq qiling — 10 daqiqada hisobingizni ochib, jadvalingizni import qilib beramiz.