Oʻquv markazi CRM nima uchun kerak?
Daftar va Excel jadvallarda kim keldi, kim toʻladi va kim qarzdor ekanini kuzatish koʻp vaqt oladi va xatoga olib keladi. CRM bu maʼlumotlarni bitta tizimga yigʻadi: har bir oʻquvchining davomati va balansi doim koʻrinib turadi.
EduAdmin imkoniyatlari
Kichik va oʻrta oʻquv markazlarining kundalik ishiga moslangan asosiy funksiyalar:
- Telefonda 20 soniyada davomat: keldi, kechikdi, kasal
- Oylik toʻlov va qarzlarni avtomatik hisoblash
- Ota-onalarga Telegram orqali eslatma va xabarlar
- Oylik hisobotni Excel faylda yuklab olish
- Internet boʻlmasa ham ishlaydi (PWA)
- Lotin va kirill yozuvida bir xil qidiruv
- Bitta telefon raqami bilan bir nechta filial
Excelʼdan oʻtish — 10 daqiqada
Mavjud Excel jadvalingizni yuklang: oʻquvchilar, guruhlar va balanslar tizimga avtomatik joylashadi. Kerak boʻlsa, importda yordam beramiz.
Narx
Yakka oʻqituvchi uchun — oyiga 99 000 soʻm yoki yiliga 990 000 soʻm (2 oy bepul). Oʻquv markazlari uchun narx markaz hajmiga qarab kelishiladi. Birinchi 14 kun bepul.
Savol-javoblar
Savol-javoblar
EduAdmin qaysi oʻquv markazlariga mos?
Til, matematika, IT, IELTS va boshqa kurslar oʻtadigan kichik va oʻrta oʻquv markazlariga hamda repetitorlarga.
Bir nechta filialni boshqarish mumkinmi?
Ha. Bitta telefon raqami bilan bir nechta filial yoki markazga kirib, ular orasida almashishingiz mumkin.
Dasturni oʻrnatish kerakmi?
Yoʻq. EduAdmin brauzerda ishlaydi va telefonga ilova (PWA) sifatida qoʻshiladi.